04 okt 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20286_220.jpg)
Lomachenko - Rigondo: jangga chiptalar deyarli qolmadi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Lmachenko hamda Rigondolar o'rtasidagi jangga qiziqish yuqori darajada ekanligini aytib o'tdi.
"Yuztadan ham kam chipta qoldi. Bu "Madison Square Garden" tarixijagi eng yirik shoulardan biri bo'ladi.
Odamlar bu tarixiy jang ekanligini tushunib turibdilar. Ikki karra Olimpiada chempionlari ringda o'zaro xech qachon to'qnash kelmaganlar. Buni barcha o'z ko'zi bilan ko'rmoqchi. Ular jangni tekinga uyda yoki barda ham ko'rishlari mumkin. Lekin, o'sha kuni ular "Madison Square Garden"ga borishni istaydilar", - deydi Arum.
Eslatib o'tamiz, o'sha kuni shuningdek hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov ham jang qiladi. O'sha kuni unga rossiyalik Andrey Klimov raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar