29 dek 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko: "Salido bilan revanshni istamayman. Yugurib yurishdan charchadim"
Engil vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Orlando Salido bilan revansh jang o'tkazish istagi yo'qolganini aytib o'tdi.
"Yo'q. Men uning orqasidan yugurib, yalinishdan charchadim. Men buni mag'lubiyatimdan aziyat chekkan jamoadoshlarim, muxlislarim uchun istagandim. Endi esa bu haqida o'ylayotganim yo'q. Endi bu jang men uchun emas, u uchun qiziq", - dedi Vasiliy.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilda bo'lib o'tgan Lomachenko - Salido to'qnashuvida meksikalik bokschi ochkolar hisobiga g'alaba qozongandi. Aynan ushbu jangda Lomachenko professional ringdagi birinchi va hozircha oxirgi bo'lib turgan mag'lubiyatini qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : Sport
Fikrlar