08 dek 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko va Pedrasa tarozidan muvaffaqiyatli o'tishdi FOTO
Engil vazn toifasida WBA chempion Vasiliy Lomachenko hamda shu vaznda WBO chempioni Xose Pedrasa ertangi jang oldidan tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Ikkala jahon chempioni ham belgilangan vazn (61,235 kg) meyorini bajarishdi. Unda Vasiliy Xosedan deyarli 100 grammga og'irroq chiqdi. Lomachenko 134,4 funt (60,96 kg), Pedrasa esa 134,2 funt (60,87 kg) tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki jahon chempioni o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar