19 noy 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko va Rigondo jang kuni ikki marta taroziga chiqishadi
Orziqib kutilayotgan chempionlik jangi ishtirokchilari Vasiliy Lomachenko va Gilermo Rigondo jang kuni qo'shimcha vazn o'lchash marosimida ishtirok etishadi.
Bu xabarni Top Rank promouterlik kompaniyasi vice-prezidenti Karl Moretti malumot sifatida aytib o'tdi. Bokschilar jang kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 09:00da taroziga chiqishadi. Ularning vaznlari 138 funt, yani 62,6 kilogrammdan oshmasligi shart.
Morettining aytishicha, ilk vazn o'lchash marosimida
belgilangan vazn meyorini ko'rsata olmagan bokschi 10 000 dollardan oshiqroq
miqdorda moliyaviy jarimaga tortiladi.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko va Gilermo Rigondo o'rtasidagi chempionlik jangi 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. O'rtaga ukrainalik bokschiga tegishli bo'lgan WBO chempionlik kamari qo'yiladi.
Havola :
Fikrlar