10 dek 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko va Rigondoning bugungi jangdagi qo'lqoplari muzeyga topshiriladi
Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Vasiliy Lomachenko hamda kubalik jahon chempioni Gilermo Rigondoning qo'lqoplari Xalqaro boks shon-shuhrati Zali muzeyiga topshiriladi.
Bugun bu ikki jahon chempionlari AQSHning Nyu-York shahridagi Medison Skver Garden arenasida o'zaro to'qnash kelishgan va unda ukrainalik bokschi raqibini muddatidan avval mag'lub etgan edi.
“SHon-shuhrat Zalining asosiy vazifasi boks tarixini saqlab qolish. Bugungi jang ham tarixiy maqomga ega edi. Boisi, unda ikki vazn toifasi chempionlari o'zaro to'qnash kelishdi. Endi bugungi jangdagi qo'lqoplar bizning Zalni bezaydi”, - dedi Xalqaro boks shon-shuhrati Zali muzeyi ijrochi direktori Edvard Brofi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar