27 noy 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko va Uoltersning gonorar summalari malum
Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) bugun Las-Vegas shahrida tashkil etilgan chempionlik jangida ishtirok etgan bokschilarning gonorlarini elon qildi.
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan ukrainalik Vasiliy Lomachenko (6-1, 4KO) bugun sobiq jahon chempioni yamaykalik Nikolas Uolters (26-0-1, 21KO)ni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bugungi g'alabasi uchun Lomachenko o'zi uchun rekord gonorar summasi - 1 million dollarga ega bo'ladi. Uning avvalgi jangdagi gonorar ulushi 850 ming dollar edi. Bugun mag'lub bo'lgan Uolters esa 300 ming dollarlik chekni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar