09 dek 14:23
Yangiliklar

Lomachenko vs Pedrasa. Bokschilarning kafolatlangan gonorarlari malum
Unda engil vazn toifasida WBA chempion Vasiliy Lomachenko hamda shu vaznda WBO chempioni Xose Pedrasa o'zaro to'qnash kelishdi. Birlashtiruvchi chempionlik jangida Lomachenko 119:107, 117:109, 117:109 ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Nyu-York shtati Atletik qo'mitasi bokschilar uchun kafolatlangan rasmiy gonorar summasini oshkor qildi. WBA Super va WBO chempionlik kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko 1 million, endilikda sobiq jahon chempioni, puertorikalik Xose Pedrasa esa 350 000 dollarlik chekni qo'lga kiritdi.
Bundan tashqari, bokschilar translyaciyadan tushadigan mablag'dan ham ulush olishadi. ESPN telekanali bergan xabarga ko'ra, Lomachenko taxminan 2 million, Pedrasa esa 1 million dollar atrofida gonorarga ega bo'ladi.
Fikrlar