09 dek 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko vs Pedrasa. Ikki chempionlik kamari uchun o'tkazilgan jang yakunlandi
Hozirgina AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida uzoq kutilgan professional boks oqshomi o'z nihoyasiga etdi.
Unda engil vazn toifasida WBA chempion Vasiliy Lomachenko hamda shu vaznda WBO chempioni Xose Pedrasa o'zaro to'qnash kelishdi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi belgilanganidek 12 raund davom etdi.
O'n birinchi raundda raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ya olgan Lomachenko yakunda haqli g'alabaga erishdi. Hakamlar bir ovozdan - 119:107, 117:109, 117:109 hisobida ukrainalik bokschining g'alabasini taminlashdi.
SHu tariqa, dunyo professional boks tarixida eng kam jang o'tkazgan holda jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Vasiliy Lomachenko WBA va WBO chempioniga aylandi.
Havola :
Fikrlar