22 noy 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Xeynini joyiga qo'yib qo'ydi
Engil vazn toifasida WBA, WBO, WBC kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko Devin Xeyniga o'zini bosib olishni maslahat berdi.
“Kim o'zi u Xeyni? U kimlarni mag'lub etdi? U qanday qilib kamarga ega bo'lib oldi? Biz chempionlik kamarlari uchun jang qildik va yutdik, Devin esa janglarda ishtirok etmadi, unga shunchaki kamarni sovg'a qilishdi. Menga u bilan qaerda va qachon jang qilishni umuman farqi yo'q”,-dedi Lomachenko.
Avvalroq, Xeyni bir necha bor Lomachenko tomon noo'rin gaplar aytgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar