28 dek 10:51
Yangiliklar

Lomachenko “Yilning eng yaxshi bokschisi” deb topildi
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Boxingtalk talqiniga ko'ra 2018 yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi. So'rovda ikkinchi o'rinni yarim o'rta vaznda WBO chempioni Terens Krouford egalladi. Kuchli uchlikka yana bir ukrainalik bokschi Aleksandr Usik yakun yasadi.
So'rovnoma. TOP-10
1. Vasiliy Lomachenko (Ukraina, engil vazn);
2. Terens Krouford (AQSH, yarim o'rta vazn);
3. Aleksandr Usik (Ukraina, birinchi og'ir vazn);
4. Mayki Garsiya (AQSH, engil vazn);
5. Errol Spens (AQSH, yarim o'rta vazn);
6. Saul Alvares (Meksika, o'rta/ ikkinchi o'rta vazn);
7. Gennadiy Golovkin (Qozog'iston, o'rta vazn);
8. Naoya Inue (Yaponiya, engil vazn);
9. Srisaket Sor Rungvisay (Tailand, ikkinchi engil vazn);
10. Kit Turman (AQSH, yarim o'rta vazn).
Fikrlar