23 jan 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoni “buzib” qo'yadigan bokschi topildi
Taniqli promouterlardan biri Lu DiBella ukrainalik Vasiliy Lomachenkoni yuz foiz mag'lub eta oladigan bokschining ism-sharifini oshkor qildi.
Bu - Richard Kommi! Lu DiBellaning aytishicha, engil vazn toifasidagi bokschilardan aynan uning mijozi Lomachenkoni mag'lub eta olar ekan. Kommi navbatdagi jangini rossiyalik Isa CHanievga qarshi o'tkazadi. G'olib bokschi vakant bo'lib qolgan IBF kamarini qo'lga kiritadi.
“O'ylaymanki, Kommi CHanievga qarshi kechadigan chempionlik jangida qiyinchilikka duch kelmaydi. U fantastik bokschi. Engil vazn toifasidagi bokschilar orasida aynan Richard Lomachenkoni mag'lub eta oladi. CHanievdan so'ng biz Vasiliyning promouterlari bilan muzokarani boshlaymiz”, - dedi DiBella.
Havola :
Fikrlar