20 iyu 14:47
Yangiliklar

London (ATP). Karlos Alkaras uch yarim soatlik uchrashuv o'tkazdi
Ispaniyalik tennischi ikkinchi davrada reytingning 59-pog'onasida borayotgan vatandoshi Xaume Munyarni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/7(7), 7/5. Karlos hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlaridagi ustunlikni mustahkamladi - 3:1.
Uch soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 9, Munyar 10 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 8 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi.
Alkaras mavsumdagi ketma-ket 15-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu ispan uchun maysa qoplamali kortlardagi qatorasiga 9-g'alaba ham bo'ldi. Endi u Queen's Club 1/4 finalida Artur Rinderkneshga qarshi kortga chiqadi. Francuz tennischisi ikkinchi bosqichda amerikalik Rayli Opelkani 7/5, 7/6(3) hisobida taslim etdi.
Fikrlar