15 jan 18:42
Yangiliklar
Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari
Los-Anjelesdagi yong'inda medallaridan mahrum bo'lgan suzuvchiga boshqa medallar beriladigan bo'ldi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi amerikalik suzuvchi Geri Xollga medalning nusxasini beradi.
Bu haqida XOQ prezidenti Tomas Bax aytib o'tdi.
"Biz Los-Anjeles fuqarolari bilan birdammiz. Hozir bor etibor yong'inga va insonlar, shuningdek ularning mulklari himoyasiga qaratilishi lozim. Biz shuningdek buyuk suzuvchi Geri Xoll yong'inda o'z medallarini yo'qotganini bildik. XOQ unga medallar nusxalarini beradi", - dedi Tomas Bax.
Malumot uchun, uning 10 ta Olimpiya medali Los-Anjelesdagi yong'inlar vaqtida kuyib ketgandi. U Atlanta va Sidney Olimpiadasida ikkita oltin, Afinada esa yana bitta oltin medal qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar