16 jan 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Luis Ortis: “Uaylder gapda, men esa amalda isbotlayman”
Superog'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamariga rasmiy va majburiy davogar Luis Ortis amaldagi chempion Deontey Uaylderga qarshi kechadigan jang haqida yana bir bor o'z fikrini bildirdi.
Kubalik bokschi ham, amerikalik chempion ham shu kungacha o'tkazgan janglarida mag'lubiyat alamini totib ko'rishmagan.
“Uaylder oxirgi paytlarda juda ko'p gapirib yuboryapti. Men esa aksincha hammasini amalda isbotlamoqchiman. Ishonchim komil, ringda uning muammolari hozirgisidan ko'p bo'ladi. Kuba ko'chalarida g'alabamni uzoq vaqt nishonlashadi”, – dedi Ortis BoxingScene saytiga bergan intervyusida.
Avvalroq, Deotney Uaylder afsonaviy bokschilar Floyd Meyvezer va Jorj Formanga tegishli bo'lgan rekordlarni yangilash istagida ekanligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar