24 avg 12:16
Yangiliklar
Futbol

Luka Modrich A Seriya rekordini o'rnatdi
Kecha "Milan" yarim himoyachi Luka Modrich A Seriyada debyut qildi.
Xorvatiyalik yulduz debyut qilgan vaqtda 39 yosh, 11 oy, 14 kunlik edi. SHu tariqa, Luka A Seriyada debyut qilgan eng keksa futbolchi sifatida rekord o'rnatdi.
Biroq Modrichning debyuti omadsiz bo'ldi. Sababi "Milan" o'z uyida "Kremoneze"ga mag'lub bo'ldi. Luka Modrich yozda "Real"dan "Milan"ga erkin agent sifatida o'tgandi.
Havola :
Fikrlar