21 apr 13:14
Yangiliklar
Futbol
Luka Modrich Xorvatiyada 14-marta "Yil futbolchisi"!
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
U bu mukofotni 14-marta qo'lga kiritdi. Qizig'i shundaki, Modrich Xorvatiyada 10-yil ketma-ket eng yaxshi futbolchi deb etirof etilmoqda.
Modrich 2025 yil yozida "Milan"ga erkin agent sifatida o'tgan. Joriy mavsumda Luka "Milan" safida 35 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Avvalroq futbolchi "Real"da o'ynagan. "Qirollik klubi"da 13 yil davomida Modrich 6 marta CHempionlar ligasini, 4 marta Ispaniya chempioni bo'lgan, 2 marta Ispaniya Kubogini yutib olgan. SHuningdek, 39 yoshli yarim himoyachi 5 marta Ispaniya Superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

Havola :
Fikrlar