23 noy 10:35
Yangiliklar

Lukas Braun yana doping-testdan o'ta olmadi
Avstraliyada “Toza boks” dasturi doirasida o'tkazilgan doping-nazorat tahlili ijobiy natija berdi. Avstraliyalik bokschi yana bir bor doping tekshiruvdan o'ta olmadi.
Avvalroq, Butunjahon boks associaciyasi (WBA) WBA Regular chempionlik kamari uchun amerikalik SHennon Brigs (WBA reytingida 5-o'rin) hamda avstraliyalik Lukas Braun (WBA reytingida 3-o'rin) o'rtasida jang o'tkazilishi kerakligini malum qilgandi.
Tashkilot talabiga ko'ra, har ikki bokschi shu yilning 31 dekabrigacha chempionlik jangi o'tkazishlari shart edi. Endi katta ehtimol bilan bu jang o'tkazilmaydi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning mart oyida Lukas Braun hamyurtimiz Ruslan CHagaevni mag'lubiyatga uchratib, unga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini tortib olgandi.
Lekin bir muddat o'tib, Braunda doping tekshiruvdan o'ta olmagan va chempionlik tituli yana CHagaevga qaytarilgan edi. Ruslan esa faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.
Fikrlar