17 fev 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Lyuis: "Miller Joshua uchun jiddiy sinov emas"
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis navbatdagi raqib sifatida Millerni tanlagani uchun Joshuani tanqid qildi.
"Bu borada men ko'pchilik tomondaman. Men eng zo'rlar ishtirokida janglarni tomosha qilishni istardim. Menejerlar AQSHdan uyga xotirjam qaytish uchun Millerni tanlashgan.
Miller Joshua uchun jiddiy sinov bo'lmaydi. U o'zini ko'rsatmoqchi. Ammo, uni AQSHda ham, Britaniyada ham tanishmaydi", - dedi Lyuis.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar