01 may 19:46
Yangiliklar
Maddalena Pratesga qarshi! UFC Australia turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimidan o'tishdi
Musobaqaning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasining sobiq chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalena hamda Braziliya vakili Karlos Prates ishtirokida o'tkaziladi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Benil Dariush, Tay Tuivasa kabi taniqli atletlar o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
Bugun sportchilar turnir oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashishdi. Natijalar quyidagicha:
Asosiy kard:
Markaziy jang, yarim o'rta vaznda: Jek Della Maddalena (77,11 kg) vs Karlos Prates (77,11 kg)
Engil vaznda: Benil Dariush (70,76 kg) vs Kuillan Salkilld (70,76 kg)
O'ta engil vaznda: Tim Elliott (57,15 kg) vs Stiv Erceg (56,92 kg)
Yarim engil vaznda: Marvan Raxiki (66,22 kg) vs Olli SHmid (65,99 kg)
Og'ir vaznda: SHamil Gaziev (119,74 kg) vs Brendo Perichich (120,2 kg)
Og'ir vaznda: Tay Tuivasa (120,2 kg) vs Lui Sazerlend (118,38 kg).
Prelim kard:
O'rta vaznda: Kemeron Rouston (83,91 kg) vs Robert Brichek (84,36 kg)
Yarim og'ir vaznda: Junior Tafa (93,21 kg) vs Kevin Kristian (92,53 kg)
O'rta vaznda: Jeykob Malkun (84,36 kg) vs Jerald Myorshart (86,18 kg)
Eng engil vaznda: Kolbi Tikness (61,23 kg) vs Vins Morales (61,68 kg)
O'rta vaznda: Ben Jonston (84,14 kg) vs Ues SHultc (84,36 kg)
Yarim o'rta vaznda: Jonatan Mikallef (77,11 kg) vs Temba Gorimbo (77,56 kg)
Engil vaznda: Dom Mar Fan (70,53 kg) vs Kodi Stil (70,76 kg).
Fikrlar