So’nggi yangiliklar

12:05Саудия Арабистони терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди 0 11:44Санья-2026: Ўзбекистон спортчиларнинг иштирокидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:23Костани гапларини қайтиб олишига мажбур қиламан — Гусков 0 11:02Esports World Cup. Синдаров ва Абдусатторовда мағлубият, лекин Нодирбекда имконият бор 0 10:41Спорт тиббиёти мутахассиси Ямалнинг қайтиши учун эҳтимолий муддатни эълон қилди 0 10:20Жавоҳир Соҳибов Жаҳон кубогида олтин медални қўлга киритди 0 09:59"Ҳумо" клубига Россия компанияси ҳомийлик қилиши мумкин 0 09:38World Boxing Кубогида икки ғалаба ва бир мағлубият 0 09:17"Реал"нинг икки футболчиси мавсум якунига қадар сафдан чиқди 0 08:56"Махачевни Хабиб ҳам бўға олмаган бўларди" - Царукян 0 08:35Ўзбекистон теннис федерацияси украиналик спортчи "трансфери"ни тасдиқлади 0 08:14Dushanbe Grand Slam 2026 турнирида иштирок этадиган таркибимиз тасдиқланди 0 07:53Терма жамоа ЖЧда иштирок этишга тайёр — Эрон ҳукумати матбуот котиби 0 07:32Ислам Махачев навбатдаги жанги муддатига ишора қилди + ФОТО 0 07:11Гурланда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0

30 sen 12:28
Yangiliklar

Qilichbozlik

Madinabonu Parpieva: “Bizga eng kuchli murabbiylar olib kelinmoqda”

Xabaringiz bor, 25-26 sentyabr kunlari poytaxtimizda qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha “Satellite” turniri bo'lib o'tdi.

Rapira qurolida o'tgan ushbu musobaqada 4 nafar qilichbozimiz bronza medaliga sazovor bo'ldi. Ular orasida Madinabonu Parpieva ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Quyida ushbu sportchimizning musobaqa taassurotlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashamiz:

“Birinchi bellashuvda o'zimning xatolarim sabab qiyin vaziyatga tushib qoldim. Qozog'istonlik raqibamga qarshi bahsda 9:14 hisobida ortda borayotgan edim. Keyin o'zimga kelib oldim va 15:14 hisobi bilan g'alaba qozondim. Uzoq vaqt mashg'ulot olib bormaganimni hisobga olsa, yomon natija emas. Yarim finalda mendan ustun kelgan italiyalik qilichboz haqiqatda juda kuchli sportchi ekan. Jamoamizda rapira bo'yicha kuchli murabbiy keldi. Davlatimiz bizga dunyoning shunday kuchli trenerlarini olib kelayotgan ekan, biz bundan unumli foydalanishga, vatanimiz shanini munosib himoya qilishga vada beramiz”, – dedi Parpieva.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqa orqali qilichbozlarimiz jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarini jamg'arib olishga muvaffaq bo'ldilar. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing