30 apr 14:25
Yangiliklar
Tennis
Madrid. Arina Sobolenko Kollinzning 15 ta o'yinlik g'alabali seriyacini to'xtatdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko Madriddagi turnirning uchinchi davrasida amerikalik Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 25 daqiqa davom etgan o'yinda Sobolenko 4:6, 6:4, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va to'rtinchi bosqichga yo'l oldi.
Bu orqali Sobolenko Kollinzning 15 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga yakun yasadi. Endi Sobolenko yarim final yo'llanmasi uchun rossiyalik Mirra Andreevaga qarshi o'ynaydi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar