25 apr 09:46
Yangiliklar
Tennis
Madrid Open. Naomi Osaka Madridda muvaffaqiyatli start oldi
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Dunyoning 197-raketkasi bo'lib turgan Naomi ilk davrada reytingning 69-pog'onasidan joy olgan belgiyalik Grit Minnenni 6/4, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Sakson daqiqa davom etgan bahsda Osaka 8, Minnen 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar bir xil ko'rinishda Naomida ko'proq bo'ldi - 3 ga 2.
Endi yaponiyalik tennis malikasi Mutua Madrid Open turnirining ikkinchi davrasida rossiyalik Lyudmila Samsonovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar