01 mar 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Madrimov oqshomidagi chempionlik jangi yakunlandi
AQSHning Texas shtati Frisko shahrida o'tkazilayotgan professional boks kechasi o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina oqshom doirasidagi chempionlik janglaridan biri yakunlandi. Unda engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Xulio Sezar Martines ilk himoya jangini o'tkazdi. 25 yoshli Sezar uelslik davogar, reytingning beshinchi pog'onasidan joy olgan Jey Xarrisga qarshi ringga ko'tarildi.
CHempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi. Jangning 10-raundida Martines raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ammo, Xarris o'zini o'nglab oldi va chempionga munosib qarshilik ko'rsatdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 115-112, 116-111 va 118-109 hisobida amaldagi chempionning g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar