10 mar 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Madrimov ringga chiqqan boks oqshomining markaziy jangi yakunlandi
Hozirgina AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol ishtirokida bo'lib o'tdi. Rossiyalik jahon chempioni o'ziga tegishli kamarni beshinchi marotaba himoya qildi.
Bivol bu safar amerikalik Jo Smitga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang yakunida Dmitriy Bivol mezbon bokschini 118-110, 119-109, 119-109 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Isroil Madrimov ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar