19 mar 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Madrimovning murabbiyi: "Isroilda o'sish katta!"
Xabar berganimizdek, professional bokschimiz Isroil Madrimov bir necha daqiqa avval yurtimizga qaytib keldi.
Bokschimiz bilan birga uning murabbiyi To'lqin Qilichev ham Toshkentga qaytdi. Albatta, Isroilning muvaffaqiyatida bu mutaxassisning ham roli katta.
"Murabbiy sifatida Isroilning jangidan ko'nglim to'ldi. Birinchi jangiga qaraganda o'zini ancha erkin xis qildi. O'zini ring egasidek tutdi. Buning natijasida ancha kuchli hisoblangan raqibini juda osonlik bilan, muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Hali asosiy janglar oldinda. Amerikalik murabbiylar bilan birgalikda, hamkorlikda ishlashda davom etamiz", - dedi Qilichev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar