25 apr 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/64614_220.jpg)
Maftuna Melieva yarim final jangini o'tkazdi
Osiyo chempionati doirasidagi yarim final janglari o'z yakuniga etib boryapti.
Bugun ringga chiqishi kerak bo'lgan so'nggi bokschimiz ham hozirgina o'zining yarim finaldagi jangini o'tkazdi. -64 kg vazn toifasidagi Maftuna Melieva hindistonlik Kaur Baatga qarshi ringga chiqdi.
Deyarli teng kurashlar ostida kechgan jangda hindistonlik bokschi g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. Maftuna Melieva esa Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar