06 avg 14:16
Yangiliklar
Magnus Karlsen Samarqanddagi Olimpiadaga keladimi? Qolgan yulduzlarchi?
Afsuski, shaxmat afsonasi Samarqandga kelmaydigan bo'ldi. U Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etmasligini rasman malum qildi. SHuningdek, u bilan birga bahorda Norvegiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilgan Aryan Tari va Jon Ludvig Xammer ham Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortgan. Natijada uch nafar etakchi shaxmatchisiz qolgan Norvegiya terma jamoasi start jadvalida 21-o'ringa tushib ketdi.
Bundan tashqari, sentyabr oyida Samarqand shahrida o'tkaziladigan Olimpiadaga Magnus Karlsendan tashqari boshqa bir necha shaxmat yulduzlarining ham yurtimizga kelmasligi aniq bo'lib ulgurdi.
Samarqandga kelmaydiganlar:
Franciya: Alireza Firuzja
AQSH: Hikaru Nakamura, Lener Dominges
Eron: Parham Maqsudlu, Puya Idani
Ozarbayjon: Teymur Rajabov
Angliya: Devid Houell
Polsha: Radoslav Voytashek
Ruminiya: Kirill SHevchenko

Fikrlar