08 mar 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomedsharipov UFC 249da ishtirok etmaydi. Nega?
UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov UFC 249 kechasida ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Bu haqida rossiyalik sportchining o'zi xabar berdi.
“Doim ham sen istaganingdek bo'lmas ekan. Afsuski, UFC 249 kechasida ishtirok etmaydigan bo'ldim. Sababi TOP-5 jangchilardan hech biri menga qarshi jang qilishni istamadi.
Menga TOP-15ning oxiridan joy olgan sportchilarni taklif qilishdi, lekin menga bunday janglarning qizig'i yo'qligi sababli rozilik bermadim. Endi Ramazon bayramidan so'ng oktagonga qaytaman”, - dedi Zabit.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar