15 mar 09:21
Yangiliklar

Mahmud G'oipov 23 mart kuni ringga chiqadi, raqib ham aniq!
Hamyutimiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazadi. G'oipovning raqibi rossiyalik Zurab CHaniev bo'ladi. 27 yoshli CHaniev 7ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 4tasida g'alaba qozongan. Ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, bittasi nokaut bilan. Yana bir jangda durang qayd etilgan.
Mahmud G'oipov esa ikkita jang o'tkazgan va har ikkisida raqiblarini mag'lub etgan. Hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangida armanistonlik Artush Xovxannisyanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Aynan 23 mart kungi Ekaterinburgdagi boks oqshomida yana bir hamyurtimiz Elnur Abduraimov ham ringga ko'tariladi. Abduraimovning raqibi mezbon bokschi Dmitriy Xasiev bo'ladi. Elnur shu kungacha prof ringda uchta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiev esa 11ta jangning 8 tasida g'alaba qozongan (2 ta nokaut). Bitta jangda mag'lubiyatga uchragan va 2 ta durang qayd etgan.
Fikrlar