01 dek 17:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud G'oipov prof boksdagi ikkinchi jangini o'tkazadi
Yaqindagina o'zining professional boksdagi debyut jangini o'tkazgan hamyurtimiz Mahmud G'oipovning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi.
CHarm qo'lqop ustamiz 8 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boksdagi ikkinchi jangida ringga ko'tariladi. SHu kunlarda uning raqibiga oydinlik kiritiladi. Ayni paytda muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mahmud G'oipov ilk jangini ham aynan Ekaterinburg shahrida o'tkazgan va Iddi Makverani muddatidan avval texnik nokautga uchratgan edi.
"O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi kuni nishonlanadigan sanada jang o'tkazish men uchun sharaf. Nasib qilsa, o'zimning chiroyli g'alabam bilan hamyurtlarimizga quvonch ulashaman. Bayramga o'z sovg'amni g'alaba orqali tortiq etishni maqsad qilganman", - dedi G'oipov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar