09 dek 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud G'oipov prof boksdagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Yaqindagina professional boksda debyut qilgan hamyurtimiz Mahmud G'oipov o'zining ikkinchi jangini o'tkazdi.
CHarm qo'lqop ustamiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida armanistonlik Artush Xovxannisyanga qarshi ringga ko'tarildi. To'rt raundga mo'ljallangan jangda G'oipov raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud G'oipov ilk jangini ham aynan Ekaterinburg shahrida o'tkazgan va Iddi Makverani muddatidan avval texnik nokautga uchratgan edi. G'oipovning kechagi raqibi Artush ham o'zining ikkinchi jangini o'tkazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar