23 mar 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud G'oipov prof ringdagi uchinchi jangini o'tkazdi
Xabar berib o'tganimizdek, bokschilarimiz bugun Ekaterinburgdagi jang oqshomida ringga ko'tarilishdi.
Bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Mahmud G'oipov mezbon bokschi Vazir Tamoyanga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raund davom etgan jangda hamyurtimiz afsuski ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, Mahmud prof ringdagi uchinchi jangida ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha u ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkisida ham g'alaba qozongandi (1 nokaut). Vazir Tamoyanning prof ringdagi o'tkazgan janglari soni 14 taga etdi. U janglarning 11 tasida g'alaba qozongan (3 ta g'alaba). 2 marotaba mag'lub bo'lgan va yana 1 ta jangda durangga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar