08 dek 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov: “G'alabamni Prezidentimiz va Konstituciya kuniga bag'ishlayman”
Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov CHexiya poytaxti Praga shahrida navbatdagi jangini o'tkazgandi.
O2 arenasida o'tkazilgan jangda Muradov XFN chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarildi va raqibi chexiyalik Tomas Pencni muddatidan avval mag'lub etdi.
“Bugungi g'alabamni birinchi galda Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevga, qolaversa, Konstituciya kunimizga bag'ishlayman. Hammani bayram bilan tabriklayman.
Fursatdan foydalanib, murabbiylarim, barcha jamoadagilarimga, chexiyadagi do'stlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi uchun rahmat!”, - dedi Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar