18 avg 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov juma kuni AQSHga uchib ketadi
UFC promoushenida muvaffaqiyatli odimlayotgan hamyurtimiz Mahmud Muradov ayni paytda Polshada bo'lib turibdi.
Muradov o'zining 28 avgust kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini odatdagidek Polshada o'tkazmoqda. U ertadan keyin AQSHga jo'nab ketadi. Yurtdoshimiz 28 avgust kuni Jerald Mirshertga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Mirshert MMAdagi faoliyati davomida 46 ta jang o'tkazib, ularning 32 tasida g'alaba qozongan. 14 ta jangda mag'lub bo'lgan. Faoliyati davomida Kevin Xolland, Xamzat CHimaev kabi raqiblarga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergan.
Mahmud Muradov ishtirokidagi kechadigan UFC Vegas 35 oqshomining markaziy jangi esa Edson Barboza (22-9) va Giga CHikadze (13-2) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar