09 dek 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov keyingi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini aytdi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov Trevor Smitga qarshi jangdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu mening AQSHdagi ilk jangim edi, ammo oxirgisi emas. Bu erda jang oqshomini ochib berish va o'zimni ko'rsatish imkoniyati berilganidan xursandman. UFCdagi ilk nokautli g'alabamni qo'lga kiritganimdan ham mamnunman.
Agar menga tayyorgarlik uchun uch oy vaqt bersangiz UFC va muxlislarga o'z kuchimni ko'rsata olaman. Mening avvalgi tayyorgarlik lagerim bor-yo'g'i 2-3 hafta davom etgandi.
Balki kelasi yil uch marotaba jang qilaman. Men shartnomani kutyapman. Balki kelasi jangimni mart yoki aprel oyida o'tkazarman. Men reytingda o'zimga yaqin bo'lgan har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorman", - dedi Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : UFC Russia
Fikrlar