21 avg 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov navbatdagi jangini o'tkazish uchun AQSHga etib bordi + FOTO
Hamyurtimiz Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi jangini o'tkazish uchun AQSHga etib bordi.
Mahmud Muradov o'zining navbatdagi jangiga bir hafta qolganda AQSHga etib bordi. Hamyurtimiz 29 avgust kuni erta tongda UFC Fight Night turniri doirasida Jerald Myorshartga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu uning UFC promoushenidagi to'rtinchi jangi bo'ladi.
Malumot uchun, Myorshert MMAdagi faoliyati davomida 46 ta jang o'tkazib, ularning 32 tasida g'alaba qozongan. 14 ta jangda mag'lub bo'lgan. Uning tashrif qog'ozida Kevin Xolland, Xamzat CHimaev kabi raqiblarga o'tkazilgan janglar bor. Nomdor raqiblariga tabiiyki, imkoniyatni boy bergan.
Mahmud Muradov ishtirokida kechadigan UFC Vegas 35 oqshomining markaziy jangi esa Edson Barboza (22-9) va Giga CHikadze (13-2) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar