24 dek 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov navbatdagi jangini TOP-15 jangchisiga qarshi o'tkazishi mumkin
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov UFC reytingida TOP-15ga kirgan sportchiga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida u Instagramdagi sahifasida malum qildi.
"Navbatdagi jangimga tayyorgarlikni boshladim. Eng avvalo, qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 2020 yilda Xudo xohlasa bizni katta ishlar kutib turibdi.
Navbatdagi jang yuzasidan muzokaralarni olib bormoqdamiz. Nasib qilsa, yaqin kunlarda jang sanasi va raqib nomini malum qilamiz. Reytingda kuchli 15likka kirgan sportchining shartnomaga imzo chekishini kutyapmiz", - deb xabar qoldirgan Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar