29 sen 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88550_220.jpg)
Mahmud Muradov qatnashgan UFC turnirida bonus egalari nomi malum qilindi
Kecha, Daniya poytaxti Kopengagen shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
UFC Fight Night 160 turnirining markaziy jangida Jared Kannoner Jek Xermanssonni ikkinchi raundda nokaut qilishni uddalagandi. Bugun, kechada yorqin ishtiroki uchun qo'shimcha bonus olgan jangchilar nomi elon qilindi. Unga ko'ra, Jared Kannoner, Ovins Sent-Pre, Jon Fillips hamda Jey SHorlar bonuslarga ega bo'lishdi. Nomlari tilga olingan har bir sportchiga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdorida bonus beriladi.
Eslatib o'tamiz, Ushbu turnirda o'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov ham ishtirok etdi va debyutini g'alaba bilan nishonlagandi.
Havola :
Manba : ufcbet.ru
Fikrlar