23 jan 11:17
Yangiliklar

Mahmud Muradov UFC bilan muzokara olib boryapti
Bir necha yildan beri faoliyatini CHexiyaning Praga shahrida davom ettirayotgan hamyurtimiz eng nufuzli hisoblangan - UFC yo'nalishiga o'tishga yaqin turibdi. Muradov XFN yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni hisoblanadi.
Hozirda u AQSHda bo'lib turibdi va xatto afsonaviy Floyd Meyvezer bilan uchrashishga muvaffaq bo'ldi. Mahmud Muradov Meyvezerga tegishli Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.
"Yana 2 yoki 3ta jang o'tkazganimdan keyin UFCga o'taman. Meni boshqa yo'nalish kompaniyalari qiziqtirmaydi. Faqat - UFC! Ayni payda bu borada muzokara olib boryapmiz. Tez orada yangilik bo'lib qoladi", - deya muxlislar bilan ijtimoiy tarmoq sahifasidagi muloqotda fikr qoldirgan Muradov.
Fikrlar