15 dek 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradovning jamoadoshi Islom Slovakiyadagi jangda g'alaba qozondi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Islom Mahamadjonov CHexiyaning XFN promoushenida debyut jangini o'tkazdi.
Bratislavada o'tkaziladigan jang oqshomida avvaliga hamyurtimizga chexiyalik Mixal Yanchushka raqiblik qilishi aytilgandi. Biroq, jangga bir necha kun qolganda Islomning raqibi o'zgardi. SHu sababli, Mahamadjonov avstriyalik Gabriel Budzga qarshi jang qildi va nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Mazkur jangda Mahmud Muradov Islomning burchagida hamyurtimizni qo'llab-quvvatlab turdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar