21 okt 20:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradovning jamoasi ikkinchi jang yuzasidan UFC bilan muzokara boshladi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradovning menejer va promouterlari hamyurtimizning ikkinchi jangi bo'yicha UFC tashkiloti bilan muzokara boshladi.
“Reja bo'yicha yanvar yoki fevral oyida UFCdagi ikkinchi jangim bo'lib o'tadi. Bu bo'yicha menejerlarim UFC bilan muzokara boshlashdi. Yaqin kunlarda yangilik bo'lib qolishi kerak”, - deydi Muradov.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov UFCdagi debyut jangida italiyalik Alessio Di CHirikoga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini 29:28, 29:28, 29:28 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar