30 sen 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88728_220.jpg)
Mahmud Muradovning UFCdagi debyut jangidan qancha ishlab olgani malum
Xabar berganimizdek, 28 sentyabr kuni Daniya poytaxti Kopengagen shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
UFC Fight Night 160 turnirining markaziy jangida Jared Kannoner Jek Xermanssonni ikkinchi raundda nokaut qilishni uddalagandi.
Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Mahmud Muradov ham UFCda debyut jangini o'tkazgani bo'ldi. Bugun hamyurtimizning ushbu jangdan qancha gonorar olgani elon qilindi. Muradov debyut jangi uchun kafolatlangan 10 000 dollar, shuningdek, bahsda g'alaba qozongani uchun yana 10 000 dollarga ega bo'ldi. "Rebook" bilan imzolangan shartnoma uchun qo'shimcha 3 500 dollarga ega chiqdi.
Umumiy olganda, Mahmud Muradov Alessio Di CHirikoga qarshi debyut jangidan 23 500 dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar