02 dek 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor 2020 yilning oxirida Moskvada Xabibga qarshi jang qilmoqchi
ESNP kanalining UFC bo'yicha tahlilchisi Ariel Xelvanining aytishicha, Konor 2020 yilning oxirida Xabib Nurmagomedov bilan jang qiladi.
"MakGregor 2020 yilda uch marotaba jang qilishni rejalashtirmoqda. U uch yildan buyon jang qilmayapti va bu qiyin bo'ladi. Ammo, irlandiyalik sportchi maqsadi sari intilishni biladi. Odamlar uni anchadan beri bunday holatda ko'rmagandilar.
Serronedan keyin u bahorda yoki yozning boshida Masvidal yoki Neyt Diasga qarshi jang qiladi. Yil oxirida esa agar Xabib chempionlikni o'zida saqlab turgan bo'lsa Moskvada o'zaro jang tashkil etiladi. Konor birinchi jangda qilgan xatolarini to'g'irlamoqchi. U ikkita jangida g'alaba qozonib, uchinchisida kamarni qo'lga kiritib, barchaning ovozini o'chirib qo'ymoqchi", - dedi Xelvani ESPN efirida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar