12 avg 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Diasga qarshi jang tayyorgarligiga 300 ming dollar sarfladi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioniKonor Makgregor Neyt Diasga qarshi o'tkaziladigan revansh jangiga tayyorgarlik uchun 300 ming dollar sarfladi.
Ushbu intiqlik bilan kutilayotgan jang 20 avgust kuni
bo'lib o'tadi. Irlandiyalik chempion iyul oyidan beri Las-Vegasdagi ijaraga olingan
arenada bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Unga bir necha nafar murabbiy va sparring raqiblar tayyorgarlikda yordam berishyapti. Murabbiylardan Jon Kavan, Oven Roddilar Makgregorni jangga tayyorlashyapti. Ilk jangda Konor kutilmaganda raqibiga muddatidan avval imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar