05 sen 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo'yish niyati jiddiy ekanini tasdiqladi
Ikki divizionda UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor o'z vatandoshlarini mamlakat prezidentligiga nomzodini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
Irlandiyada prezidentlik saylovlari 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Irlandiya fuqarolari, haqiqiy o'zgarishlar vaqti keldi! Prezident sifatida men hech qanday qonunni xalq tomonidan maqullanmagunicha imzolamayman! Prezidentlik saylov byulletenida mening ismimni ko'rishni istasangiz, okrugingizdagi mahalliy kengash deputatlari bilan bog'lanishingizni va ulardan mening nomzodimni ko'rsatishlarini so'rashingizni qatiy tavsiya qilaman", deb yozgan Makgregor.
Havola :
Manba : x.com/TheNotoriousMMA
Fikrlar