01 noy 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor keyingi jangini Fergyusonga qarshi o'tkazmoqchi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Konor MakGregor keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o'tkazishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Bilaman, men bilan jang qilmoqchi bo'lganlar ko'p. SHuningdek, boks tushmoqchi bo'lganlar ham ko'p. Lekin, meni ayni paytda UFCdagi jang qiziqtirmoqda. Men kamarimni himoya qilmoqchiman. Bizda vaqtinchalik chempion ham bor. Menimcha, keyingi jangim unga qarshi bo'ladi. Ko'ramiz, muzokaralar qanday yakunlanarkin", - deydi MakGregor.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson 7 oktyabr kuni Kevin Lini mag'lubiyatga uchratib, engil vaznda vaqtinchalik chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar