01 dek 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor mafiyadan qo'rqmaydi: Qani, meni ushlab ko'rishsinchi!
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor Irlandiya mafiyasi tomonidan bo'lishi kutilayotgan taxdidga o'z munosabatini bildirdi.
Gap shundaki, kecha matbuotda Irlandiya mafiyasining 48 soat ichida Konorni o'ldirib ketishi haqida xabarlar tarqatilgandi. Makgregor bu malumotga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi.
“Mayli, bemalol kelib, meni qo'lga tushirishga urinib
ko'rishsin, – deya fikr bildirgan Konor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Konor Makgregor Irlandiya mafiyasiga aloqador inson bilan aytishib qolgandi. Bu esa mafiyaning boshqa vakillariga yoqmagan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar