07 mar 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Meyvezer bilan jangni esladi va revansh haqida gapirdi
UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor Floyd Meyvezerga qarshi jangi haqida gapirib o'tdi.
"8-raundda men o'ng xuk bilan yaxshi harakat qilgandim. Hujum qilish uchun burchak topib oldim. Men o'sha payt oyoqda ishlash to'g'ri qaror edi.
Kim nima desa desin, o'sha kuni ajoyib boks jangi bo'lgandi. Revansh - shubhasiz ajoyib g'oya", - deb xabar qoldirdi MakGregor Tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, o'sha jang 2017 yilning avgustida o'tkazilgan va unda Floyd Meyvezer 10-raundda nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : twitter.com/TheNotoriousMMA
Fikrlar