24 mar 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Meyvezer bilan revanshga tayyor
UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Floyd Meyvezerga qarshi revanshga tayyor ekanligi haqida gapirdi.
"Meyvezer o'z pullarini oladi, keyin esa qaytarib beradi. U ringga qaytadi, shuning uchun men u bilan revanshga tayyor turishim kerak. Men tayyor bo'laman va o'z kuchimga ishonaman. Birinchi jangda Meyvezer ajoyib harakat qilgandi. U ringda asosan himoyada ishlaydi, ammo menga qarshi jangda Floyd taktikani o'zgartirgandi.
Avval xech kim Meyvezerni ringda meksikancha usulda harakat qilganini ko'rmagandi. U tajribasini ishga soldi va g'alaba qozondi. Keyingi jang? Agar mening mashg'ulot lagerimda bokschilar bo'lsa, men Meyvezerning boshini tribunaga qarab uloqtiraman", - dedi MakGregor.
Havola :
Manba : BJPenn
Fikrlar