07 dek 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/24248_220.jpg)
MakGregor: "Meyvezer taktikalar qiroli, lekin revanshda uni yuta olaman"
Konor MakGregor Floyd Meyvezerga qarshi jangda raqibining ustun bo'lganini tan oldi.
Lekin, qachondir revansh jang o'tkazilsa uni mag'lubiyatga uchrata olishini ham aytib o'tdi.
"Barchasi aniq. Meni do'pposlashdi. U taktikalar qiroli. U jang rejasini uch marotaba o'zgartirdi. Bu haqiqiy chempionlarning ishi. U haqqoniy g'alabaga erishdi.
Agar revansh bo'lib o'tadigan bo'lsa, jangga sodda reja ishlashim kerak bo'ladi. Menga so'nggi raundlarda pressing qila oladigan og'ir sparring-raqib lozim bo'ladi. Agar revansh bo'lsa, men uni mag'lub eta olaman. Floyd nafaqaga ketdi. Uni qaytishga chorlamayman. Qaror qabul qilishni o'ziga qoldiraman. Agar u qaytadigan bo'lsa, shubhasiz endi mag'lubiyatga uchrata olaman", - dedi irlandiyalik sportchi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar